Do'kon uchun savdo, ombor va nasiya hisobi dasturi
Bitta do'konni hammasini yodda saqlab yuritish mumkin. Ikkinchi kassa, ikkinchi filial yoki yordamchi xodim qo'shilganda esa qoldiq, qarz va kassadagi pulni daftar va Excel bilan solishtirish kun oxirida soatlab vaqt oladi. Kamtar ERP shu ishlarni bitta tizimga yig'adi.
Imkoniyatlar
Savdo va kassa bir joyda
Naqd, nasiya yoki bo'lib to'lash bilan sotuv qiling, bir nechta kassa bilan ishlang. Kassa va mijoz balansi sotuv bilan birga yangilanadi.
Shtrix-kod bilan tezroq
Har bir tovarga bir yoki bir nechta shtrix-kod biriktiring. Veb-versiyada va mobil ilovada shtrix-kodni skaner qilib tovarni toping.
Bir nechta do'kon va kassa
Filial qo'shing, tovarni do'konlar o'rtasida ko'chiring va qabul qilinganini tasdiqlang — yo'ldagi tovar ko'zdan chiqmaydi. Hisobotlarni do'kon bo'yicha ko'ring.
Qoldiq, tannarx va foyda
Kirim kiritiladi, qoldiq har tovar bo'yicha ko'rinadi, tannarx va foyda partiya bo'yicha hisoblanadi. Tovar tugaganda egasi signal oladi.
Qarzdorlar va to'lov sanasi
Kim qancha qarz va qachon to'lashi kerakligi bir ro'yxatda. To'lov eng eski qarzdan boshlab yopiladi; muddati o'tgan qarz haqida egasi va adminlarga kunlik eslatma boradi.
Hisobotlar va xodimlar nazorati
Kunlik va oylik savdo, foyda, xarajat, top tovar va qarzdorlar hisoboti. Xodimlarga rol (egasi, admin, rahbar, sotuvchi) va ruxsat bering; o'zgarishlar tarixida kim nimani o'zgartirgani ko'rinadi.
Savol-javoblar
Bitta kichik do'kon uchun ham mosmi?
Ha. Kamtar ERP universal tizim: bitta do'kon va bitta kassadan boshlab, keyinroq do'kon va kassa qo'shish mumkin. Tovar turi cheklanmagan.
Mavjud tovar va mijoz ro'yxatimni qanday kiritaman?
Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel orqali yuklash mumkin, ma'lumotlarni Excel'ga chiqarib olish ham mumkin.
Bir nechta do'kon bilan qanday ishlanadi?
Har do'kon va kassa alohida qo'shiladi. Tovar do'konlar o'rtasida ko'chiriladi va qabul qilinganda tasdiqlanadi. Hisobotlarni do'kon bo'yicha ko'rish mumkin.
Sotuvchi nimalarni ko'ra oladi?
Rollar: egasi, admin, rahbar, sotuvchi. Har bir xodimga alohida ruxsat berish mumkin, o'zgarishlar tarixi yuritiladi.
Telefondan boshqarsam bo'ladimi? Kassa-chi?
Kompyuterda brauzerda ishlaydigan veb-versiya ham, Android va iOS uchun mobil ilova ham bor (mobil ilova PIN-kod va biometrik qulf bilan). Savdo tizim ichida kassa sifatida yuritiladi; bundan tashqari Windows va macOS uchun alohida oflayn kassa dasturi — Kamtar POS bor.
Demo qanday olinadi, narxi qancha?
Sahifadagi formani to'ldiring yoki +998 50 804 88 80 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Narx haqida demo so'rovi paytida yoki telefon orqali bilib olasiz.
Do'koningiz hisobini tartibga soling
Demo so'rang — tizimni sizning savdo turingizda ko'rsatamiz. Yoki +998 50 804 88 80 ga qo'ng'iroq qiling.