Qurilish materiallari do'koni uchun ombor va narx turlari hisobi dasturi

Qurilish do'konida bitta tovar bir necha o'lchovda yuradi: plitka karobkada keladi, m2 da sotiladi; kabel metrda; bo'yoq litrda va chelakda. Hammasini daftarda bir birlikka keltirib qoldiq hisoblash xatoga olib keladi, ulgurji va chakana narxni esa har safar yodda tutish kerak bo'ladi.

Imkoniyatlar

  • Tovarga mos o'lchov birligi

    Har tovar uchun o'lchov tanlanadi: dona, kilogramm, gramm, milligramm, metr, kvadrat metr yoki litr. Qoldiq shu birlikda yuritiladi.

  • Qadoq va dona

    Karobka yoki pachka kabi qadoqda nechta (yoki necha m2/kg) borligini belgilaysiz. Tovarni qadoqda kirim qilsangiz ham, qoldiq va tannarx asosiy birlikda hisoblanadi.

  • Ulgurji va chakana narx turlari

    Sotuv narx turlarini o'zingiz yaratasiz (masalan, ulgurji va chakana) va tovarga do'kon bo'yicha belgilaysiz. Tannarx uchun alohida narx turi bor.

  • Partiya bo'yicha tannarx va foyda

    Material narxi o'zgaradi — tannarx va foyda har kirim (partiya) bo'yicha hisoblanadi, qadoqdagi narx asosiy birlik narxiga keltiriladi.

  • Doimiy mijoz, nasiya va ta'minotchi balansi

    Doimiy mijozga nasiyaga soting: qarzdorlar ro'yxati, to'lov sanasi, muddati o'tgan qarz haqida kunlik eslatma. Mijoz va ta'minotchi balansi har valyutada alohida; ta'minotchi bilan solishtirma dalolatnoma yaratish mumkin.

  • Katta ombor uchun joy belgisi

    Kirimda tovarning ombordagi joyini belgilash mumkin (qisqa kod: qator, javon, hovli maydoni) — katta omborda tovar qidirish osonlashadi.

Savol-javoblar

Qaysi o'lchov birliklari bor?

Dona, kilogramm, gramm, milligramm, metr, kvadrat metr va litr. Bundan tashqari qadoq va dona bilan ishlash mumkin.

Plitkani karobkada olib, m2 da sota olamanmi?

Ha. Tovarning asosiy o'lchovini (masalan, m2) va bir qadoqda qancha borligini belgilaysiz. Kirim qadoqda kiritilsa ham qoldiq va tannarx asosiy birlikda hisoblanadi.

Ulgurji va chakana narx qanday yuritiladi?

Narx turlarini o'zingiz nomlab yaratasiz va har tovarga do'kon bo'yicha narx belgilaysiz.

Doimiy mijozga qarzga sotsam bo'ladimi?

Ha. Qarzdorlar ro'yxati yuritiladi, har qarz uchun to'lov sanasi belgilanadi, to'lov eng eski qarzdan boshlab yopiladi.

Ta'minotchi bilan hisob-kitobni qanday tekshiraman?

Ta'minotchi balansi har valyutada alohida ko'rinadi, solishtirma dalolatnoma yaratish mumkin.

Katalogni qanday kiritaman?

Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel orqali yuklash mumkin.

Omboringizni o'lchovlari bilan hisobga oling

Demo so'rang — qadoq va birliklar bilan ishlashni sizning tovaringizda ko'rsatamiz. Yoki +998 50 804 88 80 ga qo'ng'iroq qiling.