Telefon va elektronika do'koni uchun har dona hisobi va nasiya dasturi
Javonda bir xil modeldagi o'nlab telefon yonma-yon turadi, farqi — seriya raqamida. Qaysi dona qachon kirgan, kimga sotilgan, nasiyaga berilgan qurilma bo'yicha to'lov qayergacha yetdi — buni daftarda yuritish qiyin va xatoga moyil. Kamtar ERP har donani alohida hisobga oladi.
Imkoniyatlar
Har dona alohida hisobda
Seriyali tovar uchun kirimda har bir donaning seriya raqami kiritiladi. Qaysi dona omborda, qaysi biri sotilganini ko'rasiz. Seriya raqamini IMEI sifatida ishlatish mumkin.
Seriya raqami bo'yicha qidiruv va skaner
Raqam bo'yicha qidiring — dona omborda yoki sotilganini ko'rasiz. Veb-versiyada va mobil ilovada shtrix-kod yoki seriya raqamini skaner qilish mumkin.
Aksessuar va telefon bir tizimda
Seriya hisobi har tovar uchun alohida yoqiladi: telefonni har dona bo'yicha, g'ilof va zaryadnikni oddiy dona bo'yicha yuriting.
Nasiyaga sotish
Qarzdorlar ro'yxati va to'lov sanasi bir joyda. Mijoz to'lasa, eng eski qarz yopiladi; muddati o'tgan qarz haqida egasi va adminlarga kunlik eslatma boradi.
Oylik bo'lib to'lash shartnomasi
Shartnomada muddat (oy), boshlang'ich to'lov va oylik to'lov summasi ko'rsatiladi; oylar bo'yicha to'lov sanalari jadvalda turadi, har to'lov qayd etiladi. Imkoniyat tashkilot sozlamasida yoqiladi.
Partiya va valyuta
Texnika turli narxda keladi — tannarx va foyda partiya bo'yicha hisoblanadi. So'm va dollarda ishlang: kursni o'zingiz kiritasiz, kurs tarixi saqlanadi.
Savol-javoblar
IMEI bo'yicha hisob yuritish mumkinmi?
Seriyali tovarning har bir donasi seriya raqami bilan hisobga olinadi; seriya raqamini IMEI sifatida ishlatish mumkin. Qaysi dona omborda va qaysi biri sotilganini ko'rasiz.
Seriya hisobi barcha tovarlar uchunmi?
Yo'q, u har tovar uchun alohida yoqiladi. Telefonlar har dona bo'yicha, aksessuarlar oddiy dona bo'yicha yuritilishi mumkin.
Nasiya va oylik bo'lib to'lash farqi nima?
Nasiyada qarz summasi va to'lov sanasi yuritiladi, to'lov eng eski qarzdan boshlab yopiladi. Bo'lib to'lashda oylik jadvalli shartnoma tuziladi; u tashkilot sozlamasida yoqiladi.
Dollar va so'mda ishlash mumkinmi?
Ha. Tizim so'm va dollar bilan ishlaydi, kursni o'zingiz kiritasiz, kurs tarixi saqlanadi. Mijoz balansi har valyutada alohida ko'rinadi.
Eski tovar ro'yxatimni o'tkaza olamanmi?
Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel orqali yuklash mumkin.
Seriya raqamini telefondan skaner qilsam bo'ladimi?
Ha, veb-versiyada va mobil ilovada (Android va iOS) shtrix-kod yoki seriya raqamini skaner qilish mumkin.
Har bir telefonni hisobda ushlab turing
Demo so'rang — seriya hisobi va bo'lib to'lashni ish jarayonida ko'rsatamiz. Yoki +998 50 804 88 80 ga qo'ng'iroq qiling.